Yanvar 2027 · 9 kun · 8 kecha
Laplandiyaga sayohat
Budapesht · Stokgolm · Xelsinki · Laplandiya
- Santa Claus Village
- Husky Safari
- Boltiq kruizi
- Shimoliy yog‘du
- Bug‘u chanasi
- Ranua zoo
- 4 – 12 yanvar 2027
- Guruh 20 kishi
- 4* mehmonxonalar
4 000$
Taxminiy narx, bir kishi uchun. Xalqaro parvoz alohida: 650$ + 465$ dan.
Tur tuzilishi
3 davlat, 5 manzil
Vengriya, Shvetsiya va Finlandiya — samolyot, layner va poyezd bilan bitta uzluksiz marshrut.
- Kun 1Toshkent → BudapeshtParvoz, Istanbul orqali
- Kun 2Budapesht → StokgolmIchki parvoz
- Kun 3StokgolmGid bilan ekskursiya
- Kun 4Stokgolm → XelsinkiBoltiq dengizi bo‘ylab kruiz
- Kun 5Xelsinki → LaplandiyaShimolga poyezd
- Kun 6–7Rovaniyemi · RanuaSanta-Klaus qishlog‘i, Arktika zoo
- Kun 8Laplandiya → XelsinkiPoyezd, keyin parvoz
- Kun 9Toshkentga qaytishIstanbul orqali
Tunlar
- 1Budapesht
- 2Stokgolm
- 1Layner
- 3Laplandiya
- 1Xelsinki
Dastur kunma-kun
- Kun 1
Toshkent → Budapesht
Soat 05:55 da Toshkentdan parvoz, Istanbulda reys almashinuvi, 13:00 da Budapeshtga yetib kelish. Mehmonxonaga guruh transferi, joylashish va dam olish.

- Kun 2
Budapesht → Stokgolm
Budapeshtdan Stokgolmga parvoz. Aeroportda kutib olish, mehmonxonaga transfer. Gid hamrohligida Stokgolm bilan ilk tanishuv.
- Kun 3
Stokgolm
Nonushta. Gid bilan tarixiy markaz bo‘ylab ekskursiya. Suratga tushish, sayr va xaridlar uchun bo‘sh vaqt.

- Kun 4
Kruiz: Stokgolm → Xelsinki
Portga transfer, laynerga chiqish. Boltiq dengizi bo‘ylab sayohat — bortda dam olish va dengiz manzaralari.

- Kun 5
Xelsinki → Laplandiya
Portdan vokzalga transfer. Poyezdda shimolga — Laplandiyaga. Vokzaldan mehmonxonaga transfer, dam olish.

- Kun 6
Rovaniyemi va Santa-Klaus qishlog‘i
Nonushta. Santa-Klaus qishlog‘iga tashrif, dastur manzillari o‘rtasida guruh transferlari, qishki Finlyandiyada bo‘sh vaqt.

- Kun 7
Ranua hayvonot bog‘i
Arktika hayvonot bog‘iga tashrif (chipta narxga kiritilgan) va dasturni kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha davom ettirish.

- Kun 8
Laplandiya → Xelsinki → parvoz
Nonushta, xonalarni bo‘shatish. Poyezdda Xelsinkiga, aeroportga transfer va 19:05 da Istanbul orqali Toshkentga parvoz.

- Kun 9
Uyga qaytish
Soat 08:35 da Toshkentga yetib kelish — tur yakuni.
Narxga kiradi
- 4* mehmonxonalar, nonushta bilan
- Transferlar
- Ichki parvoz Budapesht → Stokgolm
- Kruiz (layner) va poyezd chiptalari
- Gid xizmati
- Santa Village chiptalari
- Ranua hayvonot bog‘i chiptalari
- Kafolatlangan viza (barcha kerakli hujjatlar bo‘lsa)
Narxga kirmaydi
- Tushlik va kechki ovqat
- Xalqaro parvozlar
- Konsullik yig‘imi
Parvozlar · Turkish Airlines
- 4 yanvar · TK365 Toshkent 05:55 → Istanbul 09:30 · TK1033 → Budapesht 13:00650$ dan
- 11 yanvar · Xelsinki 19:05 → Istanbul 23:55 → Toshkent 08:35 (12 yanvar)465$ dan
Bolalar va joylashuv
- 2 yoshdan 12 yoshgacha — kattalar qatori hisoblanadi
- 2 yoshgacha — parvoz bepul (qo‘lda); alohida o‘rindiq — qo‘shimcha to‘lov
- Mehmonxonada: 1 xona, 2 ta alohida karavot (twin)
- 2 yoshgacha bolalar — bepul (qo‘shimcha karavotsiz)
- Qo‘shimcha karavot — qo‘shimcha to‘lov
- Oilaviy xonaga almashtirish — qo‘shimcha to‘lov





